Madridning «Real» klubi rahbariyatida kutilmagan o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Kataloniyaning El Mundo Deportivo nashri yozib qoldirgan, deb yozadi Kun.uz sayti.
Manbaga ko‘ra, madridliklar prezidenti Florentino Peres o‘z lavozimidan ketishni niyat qilgan. Hozircha u nima sababdan bunday qarorga kelayotgani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Xabar qilinishicha, Peres oilaviy sabablar tufayli shunday qarorga kelgan. U «Real»ni yanada rivojlantira olishi mumkin bo‘lgan o‘rinbosar qidirmoqda. U bo‘lajak rahbar klub qoidalariga rioya qilishi, prezident lavozimi uchun kerakli xususiyatlarga ega bo‘lishi va «Santyago Bernabeu» stadionining ta’mirlash ishlarini davom ettirishini istamoqda.
Ma’lumot uchun, Florentino Peres «Real»ga ilk marta 1995 yilda prezident etib saylangan va 2006 yilgacha shu boshqaruvda ishlagandi. Oradan uch yil o‘tib u ikkinchi martda prezidentlikka saylandi va hozirgacha shu lavozimda ishlab kelmoqda.
Peres boshqaruvi paytida «Real», Ispaniya chempionatida 3 marta (2000/01, 2002/03, 2011/2012), Chempionlar ligasida 3 marta (2001/02, 2013-14, 2015-16) va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 2 marta (2014, 2016) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi