Milan Tomori bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib oldi

"Milan" markaziy himoyachisi Fikayo Tomori yaqin vaqt ichida klub bilan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni davom ettirish borasida prinsipial kelishuvga erishgan. Endi Tomori yangi bitimni rasmiylashtirishga bir qadam qoldi.
Qayd etilishicha, futbolchiga Angliya Premyer-ligasining ikki vakili qiziqish bildirgan, biroq Tomori "Milan"da qolishni tanlagan va uzoq muddatli shartnoma imzolashga tayyor.
Tomori 2021 yildan buyon "Milan" sharafini himoya qilib keladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing