Allegri Milan natijasiga baho berdi va omadni esladi

Italiya chempionatida birinchi davra yakunidagi so'nggi uchrashuvlar o'tdi. "Milan" o'z maydonida "Jenoa"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang qayd etdi. Mezbonlar hisobni katta qiyinchilik bilan tenglashtirdi, genualiklar esa penaltini ura olmagani "Milan"ni jiddiy muammolardan saqlab qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Massimiliano Allegri o'yindan keyin jamoasi ko'proq narsaga loyiq bo'lmaganini tan oldi. Uning aytishicha, birinchi bo'lim og'ir kechdi: raqib Modrichni shaxsiy nazoratga oldi va bir nechta xavfli vaziyat yaratdi. Ikkinchi taymda "Milan" tezlikni oshirdi, shundan so'ng "Jenoa" asta-sekin ortga chekina boshladi.
Murabbiy so'nggi daqiqalardagi epizodlar saboq bo'lishi kerakligini ham ta'kidladi. "Milan" gol urgach, ruhiy zarba olgan raqibga qarshi g'alabani ilib ketish uchun bir necha daqiqa imkoniyat bo'lgan, biroq jamoa qarshi hujumda xato qilib, vaziyatni qo'ldan chiqargan.
Ushbu durangdan so'ng "Milan" turnir jadvalida "Inter"dan uch ochkoga ortda qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!