Chalhanoglu Interning ustunligi yana qoʻldan ketganidan ranjidi

Seriya Aning 20-turidagi markaziy bahsda “Inter” “Napoli”ga qarshi o‘yinda uch ochkoni qo‘lga kirita olmadi. Milan klubi yarim himoyachisi Hakan Chalhanoglu uchrashuvdan so‘ng natijadan ko‘ngli to‘lmaganini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Turkiyalik futbolchi jamoa ikki bor hisobda oldinga chiqqan bo‘lsa-da, ustunlikni saqlab qola olmagani alamli ekanini ta’kidladi. “Ikki marta oldinga chiqib, g‘alaba qozonmaslik juda hafsalani pir qiladi. Keyingi safar buni to‘g‘rilash uchun harakat qilamiz. Eng muhimi, bir-birimizni ayblamasdan, jamoa bo‘lib qolish”, — deya Chalhanoglu so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.
Shunga qaramay, “Inter” Italiya chempionatida peshqadamlikni saqlab turibdi. “Napoli” esa uchinchi o‘rinda bormoqda va raqibidan to‘rt ochko ortda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!