Kontexi Seriya Aning ikki uchrashuviga chetlashtirildi

“Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte Seriya A doirasida ikki o‘yinlik diskvalifikatsiya oldi. Bu haqda Corriere dello Sport sport sudyasi qaroriga tayanib xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Inter”ga qarshi bahsda (2:2) Konte hakamlarga nisbatan keskin e’tirozlar va haqoratli noroziliklar sabab qizil kartochka bilan jazolangan. Mutaxassis jamoasi darvozasiga penalti belgilanganidan norozi bo‘lgan.
Diskvalifikatsiyadan tashqari, Konte 15 ming yevro miqdorida jarima ham to‘laydi.
Shu tariqa, Antonio Konte chempionatning “Parma”ga qarshi 14-yanvar va “Sassuolo”ga qarshi 17-yanvar kungi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi. Har ikki o‘yin “Napoli” uchun uy maydonida bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda “Napoli” Seriya A turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!