Gvardiola e’tirofi: Bernardu Silva «Manchester Siti»ning ajralmas qismi

Seshanba oqshomida, portugaliyalik futbolchi Bernardu Silva golli uzatmasi bilan «Manchester Siti»ga Liga Kubogi yarim finalida 2:0 hisobida zafar quchishga yordam berdi.
Gvardiola Bernarduning jamoadagi ahamiyatini ta’kidlab, uning qanday kuchli futbolchi ekanligini so‘z bilan ifodalashning imkoni yo‘qligini aytib o‘tdi. «Bernardu qanchalik kuchli futbolchi ekanligini tasavvur ham qila olmaysizlar. Uning o‘rni juda ham bilinadi. Umid qilamanki, u klub bilan shartnomasini qanchadir asrga uzaytiradi. Bu yigit – haqiqiy jangchi, u barcha qoidalarni biladi, umuman hamma-hammasini biladi,» — dedi Gvardiola.
31 yoshli «Manchester Siti» sardori Bernarduning amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi va hozircha tomonlar yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan. Bunga qaramay, jamoa uning yangilanishiga umid bog‘lamoqda.
Bu mavsumda Bernardu barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 marta golli uzatmalar bilan jamoasini g‘alabaga yo‘naltirdi. Uning ishonchli o‘yini va katta xissa qo‘shganligi muxlislar va murabbiylar tomonidan yuqori baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!