08:20 / 18.05.2015
6 108

«Barselona» — Ispaniya chempioni!

«Barselona» — Ispaniya chempioni!

"Barselona" La liganing 37-turida "Atletiko" mehmoni bo‘ldi va Messi tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alabani tantana qildi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.

Mazkur 3 ochko kataloniyaliklarga muddatidan avval Ispaniya chempioni unvonini taqdim etdi. "Barsa" o‘tgan yili o‘z uyida "Atletiko"ni mag‘lub eta olmay, chempionlikni bugungi raqibiga topshirgandi. Bu safar safar esa Enrike shogirdlari aynan "Visente Valderon"da chempionlikni nishonlashdi. "Barselona" 23-marta Ispaniya chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

"Real" esa "Espanol" maydonida 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda Ronaldu "xet-trik"ka erishdi. Krishtianu o‘z gollari sonini 45taga etkazdi va katta ehtimol bilan u La liga to‘purarligini va "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritadi.

Ispaniya La ligasi, 37-tur
Atletiko – Barselona 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 65 Messi.
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Ximenes, Godin, Sikeyra, Suares (Garsiya, 68), Gabi, Turan (Mandjukich, 72), Koke, Grizmann, Torres (Saul, 80).
Barselona – Bravo, Dani Alves, Pike, Alba (Mate, 80), Pedro, Buskets, Inesta (Xavi, 82), Maskerano, Rakitich (Rafinya, 87), Neymar, Messi.
Ogohlantirishlar: Pedro (29), Godin (32), Koke (53), Gabi (75), Ximenes (89), Neymar (90), Messi (90), Sikeyra (90).

Espanol – Real Madrid 1:4 (0:0, 1:4)
Gollar: 0:1 – 59 Ronaldu, 1:1 – 73 Stuani, 1:2 – 79 Marselo, 1:3 – 83 Ronaldu, 1:4 – 90 Ronaldu.
Espanol – Kasilya, Gonsales, Moreno, Kolotto (Montanes, 84), Lopes, Sanches, Gonsales (Mattioni, 84), Arbilya, Alvares, Garsiya, Kaysedo (Stuani, 64).
Real Madrid – Navas, Karvaxal (Nacho, 81), Varan, Pepe, Marselo, Isko (Ilyarramendi, 73), Xames, Beyl, Kroos, Benzema (Ernandes, 63), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Kaysedo (18), Pepe (23), Sanches (55), Karvaxal (68), Marselo (74).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» — Ispaniya chempioni!