date

Dro Fernandes Barselonadan PSJga o‘tganini izohladi

Dro Fernandes Barselonadan PSJga o‘tganini izohladi

Hujumkor yarim himoyachi Dro Fernandes faoliyatini «Barselona»dan «PSJ»da davom ettiradi. Fransiya chempionlari 18 yoshli futbolchi bilan 4,5 yillik shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Transfer rasmiylashgach, Fernandes Parij klubiga qo‘shilganidan mamnun ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «PSJ»ga kelish — o‘zi va oilasi uchun katta faxr, u bu jamoani bolaligidan kuzatib kelgan, klub tarixini yaratgan afsonalar esa uni yanada ruhlantirgan. Dro yangi jamoasida maydonda bor kuchini berishga tayyorligini ta’kidladi.

Hozirda «PSJ» Fransiya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dro Fernandes Barselonadan PSJga o‘tganini izohladi