date

Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning o'yinidan norozi

Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning o'yinidan norozi

Fransuz himoyachisi Teo Ernandes «Milan»dan Saudiya Arabistoniga yo'l oldi, ammo yangi jamoasida kutilgan darajada porlay olmayapti. Hozir «Al-Hilol» safida to'p surayotgan futbolchining o'yin formasi muxlislarni hafsalasini pir qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yaqinda Teo klubning navbatdagi mag'lubiyatidan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda muxlislardan uzr so'rashga qaror qildi. Biroq bu qadam unga qo'llab-quvvatlov emas, aksincha keskin munosabat olib keldi.

Izohlarda fanatlar uning takror-takror uzr so'rashidan charchagani, vazn orttirgani va avvalgidek yugurmay qo'ygani haqida yozishdi. Ayrimlar esa Ernandes maydonda bor-yo'g'i “raqam to'ldirayotgani”ni, buni Saudiya chempionatida ham sezish qiyin emasligini ta'kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning o'yinidan norozi