date

Senesi nega Italiya emas, Argentinani tanlaganini aytdi

Senesi nega Italiya emas, Argentinani tanlaganini aytdi

2023 yilda argentinalik himoyachi Markos Senesi terma jamoa masalasida muhim tanlov oldida qoldi: u Italiya yoki Argentina safida o'ynashi mumkin edi. Bu holat "Finalissima" arafasida yuz berdi — Yevropa chempioni Italiya va jahon chempioni Argentina o'zaro to'qnash keladigan bahs oldidan Senesiga har ikki tomondan ham chaqiruv kelgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiyalik ildizlarga ega futbolchi qarorini shaxsiy hissiyotlari bilan izohladi. "O'zimni tegishli deb bilmagan davlat madhiyasini kuylashimga to'g'ri kelishini o'yladim", dedi Senesi va yakunda Argentina variantini tanladi.

Eslatib o'tamiz, hozirda Markos Senesi Angliyaning "Bornmut" klubi sharafini himoya qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Senesi nega Italiya emas, Argentinani tanlaganini aytdi