Indoneziya sensatsion tarzda finalga chiqdi: endi Eron bilan to‘qnashadi

1 daqiqa o'qish7.5K
Indoneziya sensatsion tarzda finalga chiqdi: endi Eron bilan to‘qnashadi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Indoneziya futzal bo‘yicha Osiyo kubogi yarim finalida Yaponiyani qo‘shimcha bo‘limlarda 5:3 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqdi.
  • Amaldagi chempion Eron esa Iroq ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, hal qiluvchi bahs yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
  • 4-fevraldagi natijalarga ko‘ra, qit’a chempionligi uchun Indoneziya va Eron to‘qnashadi.
  • Yaponlar yarim finalda ikki penalti imkoniyatining bittasidan foydalana olmadi.

Indoneziya mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi hal qiluvchi pallaga yetib keldi. Turnirning yarim final bahslari muxlislarga kutilganidek katta shiddat, emotsiya va dramatik lahzalarni ulashdi. Bugun, 4-fevral kuni, qit’a birinchiligining finalchilari aniqlandi.

Avvalo kunning birinchi yarimfinalida amaldagi chempion Eron terma jamoasi Iroqqa qarshi parketga chiqdi. Bahs yuqori tempda kechdi, ikki jamoa ham golli imkoniyatlarga boy o‘yin namoyish qildi. Biroq tajriba va "klass" o‘z so‘zini aytdi: eronliklar qarorli o‘ynab, 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi va navbatdagi finaliga yo‘l oldi.

Futzal. Osiyo kubogi

Yarimfinal. 4 fevral

Iroq — Eron 2:4

Kunning ikkinchi yarimfinali esa haqiqiy “triller” bo‘ldi. Mezbon Indoneziya terma jamoasi Yaponiya bilan to‘qnash keldi va o‘yin dramasi oxirigacha saqlanib turdi. Asosiy vaqtda jamoalar bir-biriga yon bermadi, natijada g‘olib qo‘shimcha bo‘limlarda hal etildi. Mezbonlar sabr va iroda ko‘rsatib, 5:3 hisobida qiyin, ammo qimmat g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu uchrashuvda yaponlar ikki marta penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Biroq shunday vaziyatlardan bittasidan foydalana olmagani ular uchun hal qiluvchi omillardan biriga aylandi. Indoneziya esa o‘z imkoniyatlarini yaxshiroq baholab, oxir-oqibat o‘z maydonidagi muxlislarini bayramga chorladi.

Futzal. Osiyo kubogi

Yarimfinal. 4 fevral

Indoneziya — Yaponiya 5:3

Shu tariqa, final jufti ham ma’lum: Indoneziya va Eron qit’a chempionligi uchun bahs olib boradi. Bir tomonda — titulni saqlab qolishni istagan amaldagi chempion, ikkinchi tomonda esa tarixiy g‘alaba uchun bor kuchini berayotgan mezbon. Finalda endi “kim kuchli?” degan savol emas — “kim sabrli va xato qilmaydi?” degan imtihon bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?