Safonovning Shevale bilan munosabati haqida ma'lumot chiqdi

RMC Sport Matvey Safonov haqidagi materialni e'lon qildi. Unda rossiyalik darvozabonning asosiy raqibi hisoblangan Lyuka Shevale bilan aloqalari ham tilga olindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, jamoa ichida Safonov “sokin”, “juda ochiq”, “hazilkash” va “doim birinchi bo'lib salomlashadigan yigit” sifatida ta'riflanadi. U Shevaleni raqib emas, balki bir jamoada ishlayotgan hamkor deb qabul qilishi qayd etilgan.
Shevale 2025/2026 yilgi mavsumni PSJning asosiy darvozaboni sifatida boshlagan. Biroq qish boshlarida Safonov raqobatda ustun kela boshladi va jarohatdan to'liq tiklanganidan so'ng yaqinda yana maydonga qaytdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing