Fransuz jurnalisti Safonov Shevaledan ishonchliroq ko'rinmoqda

RMC Sport jurnalisti Lionel Sharbonnye fikricha, rossiyalik darvozabon Matvey Safonov hozircha "PSJ"ning asosiy tarkibidagi joy uchun kurashda Luka Shevaledan ustun kelmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Safonovning o'ziga ishonchi va maydondagi xotirjamligi e'tiborni tortayotganini ta'kidladi. Uning aytishicha, Safonov darvozani qo'riqlayotgan paytda raqiblar uchun darvoza go'yo kichrayib qolgandek tuyuladi, Shevale bilan esa bunday taassurot unchalik sezilmaydi. Shuningdek, Sharbonnye rossiyalik posbonning xarizmasi ham borligini qayd etdi.
2025/2026 yilgi mavsumda Safonov Parij grandining 6 uchrashuvida maydonga tushib, 5 ta gol o'tkazib yubordi. Ikki o'yinda u darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Matveyning "PSJ" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!