Kadrlar tanqisligidan toliqayotgan Napoli haqida Konte gapirdi

Napoli bosh murabbiyi Antonio Konte jamoada yuzaga kelgan kadrlar muammosi va jarohatlar to‘lqini borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, bir vaqtning o‘zida bir necha futbolchi og‘ir jarohat olib safdan chiqqanda, murabbiy doim bir xil tarkibga tayanishga majbur bo‘ladi. Natijada o‘sha o‘yinchilarda ham mayda shikastlar paydo bo‘lib, keyinchalik ular ham jiddiy jarohatga aylanib ketishi mumkin. «Bizga hatto ibodatxonaga borib, duo qilish kerak», dedi Konte.
10 fevral kuni neapolliklar Italiya Kubogini kutilmaganda tark etdi: Como bilan chorak finalning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa Napoli imkoniyatni boy berdi.
A Seriyaning 24-turidan keyin Konte jamoasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Amaldagi Italiya chempioni hisobida 49 ochko bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!