Nunes arab chempionatidan chiqarildi, o'rnini Benzema egalladi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida arab chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi u futbolchini ro'yxatdan chiqarib, klubga kelib qo'shilgan Karim Benzemani chempionat uchun arizaga kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, Nunes to'liq chetlatilgani yo'q: u Osiyo Chempionlar ligasi uchrashuvlari uchun jamoa qaydnomasida qoldirilgan.
Eslatib o'tamiz, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» hamda Angliyaning «Liverpul» klublarida to'p surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga chaqirib kelinadi va hozirga qadar 13 ta gol urgan, shuningdek, 2022 yil Qatardagi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.






























Izohlar 0
…