date

Trubin Realdagi goli uni ko‘pchilikka tanitganini aytdi

Trubin Realdagi goli uni ko‘pchilikka tanitganini aytdi

Portugaliyaning “Benfika” klubi darvozaboni Anatoliy Trubin Madridning “Real” jamoasi darvozasiga urgan goli haqida eslab o‘tdi. O‘sha vaziyat “burgutlar”ning Chempionlar ligasida pley-off bosqichiga chiqishida hal qiluvchi rol o‘ynagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Trubin The Athletic’ga bergan izohida, 6 yoshidan beri futbol o‘ynab, asosiy maqsadi gol o‘tkazmaslik bo‘lganini ta’kidladi. Uning aytishicha, aynan bitta epizoddan so‘ng ko‘pchilik uni darvozabon emas, gol urgan futbolchi sifatida ham tanib qoldi.

Darvozabon bu voqea hanuzgacha o‘ziga g‘alati tuyulishini yashirmadi. Treningdan keyin bir muxlis uni to‘xtatib, suratga tushishni so‘ragani va “qanday chiroyli gol edi” deb aytgani Trubin uchun hamon kutilmagan holat bo‘lib qolmoqda. “Bu lahza doim men bilan qoladi”, dedi u.

Trubinning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda “Benfika” keyingi bosqichga chiqishi uchun yana bitta gol zarurligini u to‘liq bilmagan. Jarima zarbasi tayinlanganda murabbiy uni oldinga chiqishga ishora qilgan, shunda Trubin atrofdagilardan “bizga yana gol kerakmi?” deb so‘rab ham olgan.

Darvozabon vaziyat juda tez sodir bo‘lganini, maydonda ko‘p o‘ylamasdan harakat qilishingni aytdi. U pas juda aniq chiqqani yoki “shunday bo‘lishi kerak” bo‘lgani uchun gol urilgandek taassurot qoldirganini qo‘shimcha qildi.

Chempionlar ligasi pley-offida “Benfika” yana Madridning “Real” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvlar 17 va 26 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Trubin Realdagi goli uni ko‘pchilikka tanitganini aytdi