Franchesko Totti Bastoni mojarosiga munosabat bildirdi

Franchesko Totti Bastoni mojarosiga munosabat bildirdi

Rimning “Roma” klubi sobiq hujumchisi Franchesko TottiInter” himoyachisi Alessandro Bastoni bilan bogʻliq bahsli epizod haqida fikr bildirdi. “Inter”ning “Yuventus”ga qarshi uchrashuvida Bastoni nozik simulyatsiya orqali hakamlarni ishontirib, jamoasi uchun penalti belgilanishiga erishgani muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tottining aytishicha, bunday holatlar futbolda doim bo‘lgan va yana takrorlanadi. U bu masalada aniq va qat’iy qoida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi, aks holda shunga o‘xshash epizodlar yillar o‘tsa ham qayta yuz berishini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Totti futbolchilik faoliyatini 2017 yilda yakunlagan. Uning sobiq klubi “Roma” hozirda A Seriya turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda, chempionatda esa aynan “Inter” peshqadamlik qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar