Kalulyu hakam xatosiga qaramay bir o'yinga chetlatildi

A Seriyaning rasmiy sayti o‘tgan turdan keyingi intizomiy qarorlarni e’lon qildi. Diskvalifikatsiya olganlar ro‘yxatidan «Yuventus» himoyachisi Pyer Kalulyu ham joy oldi. Fransuz futbolchi bir uchrashuvga chetlatildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kalulyuning maydondan chetlatilishi bahsli bo‘lgani aytilmoqda: hakamlar korpusi rahbari Janluka Rokki futbolchiga ikkinchi sariq kartochka noto‘g‘ri ko‘rsatilganini tan olib, buning uchun uzr so‘ragan. Shunga qaramay, protokolda qizil kartochka qayd etilgani sababli, qaror o‘zgarmadi va diskvalifikatsiya kuchda qoldi.
Endi Pyer Kalulyu A Seriya doirasida «Komo»ga qarshi o‘yinda «Yuventus»ga yordam bera olmaydi. Uchrashuv 21-fevral, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing