Del Pyero Bastonining uzrini munosib qadam deb baholadi

Turinning «Yuventus» klubi sobiq hujumchisi Alessandro del Pyero «Inter» himoyachisi Alessandro Bastonining uzr so‘rashiga munosabat bildirdi. Bastoni jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi o‘yinda «keksa sinyora» futbolchisi Pyer Kalyulyu maydondan chetlatilgan paytda haddan tashqari hissiyot bilan quvongan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Del Pyeroning ta’kidlashicha, Bastonining bunday qarori olqishga loyiq: vaziyatni o‘ylab ko‘rib, xatosini tan olgani uning sha’niga xizmat qiladi. «Hech kim mukammal bo‘lolmaydi, ammo xatolar orqali yanada yaxshiroq bo‘lish mumkin», — deya Del Pyeroning so‘zlarini TuttoJuve keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Inter» — «Yuventus» uchrashuvi o‘tgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tdi. Safarda o‘ynagan «Yuventus» 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!