date

Paulu Fonseka Milanda o'ziga ko'proq vaqt so'radi

Paulu Fonseka Milanda o'ziga ko'proq vaqt so'radi

"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Paulu Fonseka Italiya klubidagi qisqa faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik mutaxassisning aytishicha, u "Milan"da ko'proq ishlash imkoniyatiga loyiq edi. Fonseka klubni ajoyib jamoa sifatida ta'riflab, u yerda ishlashdan katta zavq olganini, biroq vaqt yetishmagani uchun afsusda ekanini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, rahbariyat jamoa o'yin uslubini yanada hujumkor modelga o'tkazishni istagan, ammo yillar davomida shakllangan tizimni tezda o'zgartirish oson emas.

Eslatib o'tamiz, Fonseka "Milan"ni 2024 yil iyulidan dekabrigacha boshqargan. Hozirda 53 yoshli murabbiy fransuzning "Lion" klubida bosh murabbiy lavozimida ishlamoqda.

"Milan" esa Massimiliano Allegri qo'l ostida A Seriya turnir jadvalida 54 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Paulu Fonseka Milanda o'ziga ko'proq vaqt so'radi