date

Argentina chempionati federatsiyadagi soliq mojarosi sabab to'xtaydi

Argentina chempionati federatsiyadagi soliq mojarosi sabab to'xtaydi

Argentina chempionati bir haftalik tanaffus oladi: 9-tur uchrashuvlari keyinroq o‘tkaziladi. Bunga mahalliy futbol federatsiyasi atrofida yuzaga kelgan navbatdagi korrupsiya mojarosi sabab bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qizig‘i, 7 va 8-tur o‘yinlari reja bo‘yicha o‘tadi, tanaffus esa 5–8 mart kunlariga belgilangan 9-tur taqvimiga to‘g‘ri kelmoqda. Sababi 5 mart kuni AFA prezidenti Klaudio Tapia tribunal oldida javob berishi kerak.

derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, sobiq futbolchilar va xodimlarga pensiya to‘lovlari bilan bog‘liq sxema orqali 19 milliard peso miqdoridagi soliqlardan qochilgani aytilmoqda. Yevrodagi hisobda bu qariyb 12 millionga teng.

Shuningdek, federatsiya tuzilmasi pul yuvish jarayonlarida ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligi haqida gumonlar bor. Janubiy Amerikada futbol atrofidagi shov-shuvlar yana bir bor maydondagi o‘yindan ko‘ra ko‘proq e’tibor tortmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina chempionati federatsiyadagi soliq mojarosi sabab to'xtaydi