date

Santyago Ximenesning maydonga qaytish muddati aniqlashtirilmoqda

Santyago Ximenesning maydonga qaytish muddati aniqlashtirilmoqda

Meksikalik hujumchi Santyago Ximenes 2025 yil 28 oktyabr kuni Italiya chempionati uchrashuvida jarohat olib, safdan chiqqandi. Dekabr oyida esa futbolchiga jarrohlik amaliyoti ham o‘tkazilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Operatsiyadan keyin ikki oydan ortiq vaqt o‘tgach, uning maydonga qaytishi bo‘yicha taxminiy muddatlar shakllanmoqda. La Gazzetta Dello Sport xabariga ko‘ra, Ximenes aprel oxiri yoki may boshlarida jamoaga qaytishi mumkin.

Hozircha futbolchi tiklanish jarayonini davom ettirmoqda va shifokorlar nazoratida. U davolanish hamda reabilitatsiya uchun Niderlandiyaning Amsterdam shahrida.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” A Seriya turnir jadvalida hozircha ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Santyago Ximenesning maydonga qaytish muddati aniqlashtirilmoqda