Yuventus Ueston Makkennining shartnomasini tez orada uzaytiradi

Yuventus Ueston Makkennining shartnomasini tez orada uzaytiradi

«Yuventus» yarim himoyachisi Ueston Makkenni yaqin kunlarda klub bilan yangi bitimga qo‘l qo‘yishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi «qari sinyora» bilan to‘rt yillik shartnomaga rozi. Universal xavbekning maoshi mavsumiga taxminan 4 mln yevro miqdorida «sof» bo‘ladi. Makkenni bilan A Seriyaning boshqa jamoalari ham, xorij klublari ham qiziqqan, biroq «Yuventus» rahbariyati uni Turinda qolishga ko‘ndira olgan.

Makkennining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. U joriy mavsumda 37 o‘yinda 8 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar