Ardon Yashari Milan Chempionlar ligasida bo'lishi shart dedi

"Milan" yarim himoyachisi Ardon Yashari jamoa mavsum yakunida Chempionlar ligasiga yo'llanma olishi shartligini ta'kidladi. Uning fikricha, klub darajasi Yevropaning eng nufuzli turnirida qatnashishni talab qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Komo" va "Parma"ga qarshi omadsiz uchrashuvlardan keyin "Milan"ning chempionlik poygasi deyarli so'ndi. Shunga qaramay, Yashari jamoa hech bo'lmaganda Chempionlar ligasi zonasi uchun kurashni oxirigacha davom ettirishiga umid qilmoqda.
"Milan" Chempionlar ligasida o'ynashi kerak. Buni jamoamizdagi har bir futbolchi tushunadi. Bu turnir o'yinlarini tomosha qilib, u yerda biz yo'qligimizni anglash juda alam qiladi", — deya Yasharining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Ma'lumot uchun, "Milan" Chempionlar ligasini oxirgi bor 2007 yilda yutgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!