Paolo Maldini Barselona himoyachisiga sovg‘a yubordi

«Barselona» himoyachisi Zherar Martin tug‘ilgan kuni munosabati bilan Paolo Maldinidan o‘ziga xos sovg‘a oldi. Italiyalik afsona futbolchiga «Milan» libosini shaxsiy avtografi va tabrigi bilan jo‘natdi: «Zherarga eng ezgu tilaklar bilan, tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin va faoliyatingda omad!». Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu sovg‘a bejiz tanlanmadi: jamoada Martinni «Zherar Maldini» deb atashadi. Laqab tezda ommalashib, memga ham aylangan.
Zherar Martin aslida chap qanot himoyachisi bo‘lsa-da, markaziy himoyada ham o‘zini yaxshi ko‘rsatgan. Aynan shu ikki nuqtada o‘z vaqtida Paolo Maldini ham birdek ishonchli o‘ynagan.
26 fevral kuni «Barselona» futbolchisi 24 yoshga to‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing