Gvardiola Zidan futbol uchun noyob shaxs ekanini aytdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Real"ning sobiq ustozi Zinedin Zidan haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gvardiola Zidanning avval futbolchi sifatidagi porloq faoliyatini, keyin esa murabbiy sifatida "Real"ni ketma-ket uch bor Chempionlar ligasi g'olibiga aylantirganini alohida ta'kidladi.
"Zidan juda ham zo'r edi, juda ham zo'r. U eng buyuklardan biri. Uning o'yini, o'zini tutishi — haqiqiy jentlmen. Murabbiy sifatida "Real" bilan Chempionlar ligasida uch marta g'alaba qozongan. Futbol Zinedin kabi buyuk shaxslarga munosib", — deya Gvardiolaning so'zlarini beIN SPORTSga tayanib "Gazeta.Ru" keltirdi.
Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Manchester Siti" "Real"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvlar 11 va 17 mart kunlari bo'lib o'tadi.
Shuningdek, ishonchli ma'lumotlarga ko'ra, Zidan yozda murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin: u Jahon chempionatidan so'ng Fransiya terma jamoasi boshqaruvida Didye Deshamning o'rnini egallashi ehtimoli yuqori.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!