Uzbek Tigers — Astana Arlans. Muxlislar qiziqishi sabab yo‘lda tirbandlik yuzaga keldi
Yana bir necha daqiqalardan keyin boks bo‘yicha WSB doirasida Uzbek Tigers hamda Astana Arlans to‘qnashuvi start oladi.
Mazkur jangga bo‘lgan qiziqish anchagina katta. Bellashuvlarni «O‘zbekiston sport» majmuasidan tomosha qilishni istayotgan muxlislar ko‘pligi bois, «Iftixor» ko‘chasida tirbandlik yuzaga keldi, deb xabar bermoqda Daryo nashri.
Ma’lumot uchun, Uzbek Tigers Qozog‘istondagi birinchi bellashuvda 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Keyinroq jamoa Toshkentda China Dragons hamda Boksing Team klublarini bir xilda — 5:0 hisobida mag‘lub eta oldi. Poytaxtdagi bu an’ana davom etadimi yoki yo‘q — yana bir necha soatdan keyin bilish mumkin bo‘ladi.

“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!

“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing