Mikel Arteta “Arsenal”da uzoq qolishga tayyor ekanini bildirdi

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta klubdagi kelajagi va o‘z rejalari haqida ochiq fikr bildirdi. Uning taʼkidlashicha, hozirgi paytda u jamoada o‘zini juda yaxshi his qilmoqda va hayoti ham, ish jarayoni ham barqaror holatda.
Murabbiy “Arsenal”ga to‘liq sadoqatini yana bir bor tasdiqlab, hozirgi vaziyatdan qoniqishini bildirdi. Uning aytishicha, unda amalga oshirishni istagan katta maqsadlar ko‘p va jamoa ham ijobiy yo‘nalishda rivojlanib bormoqda.
— "Men bu klubga sodiqman. Hozir juda baxtliman va o‘zimni ajoyib his qilyapman. Oilam bilan hammasi joyida. Menda hali amalga oshirishni istagan ko‘plab maqsad va vazifalar bor, hozir esa biz juda yaxshi holatdamiz”, — dedi Arteta.
Jurnalistlar tomonidan Arsen Venger kabi uzoq yillar klubda qolish ehtimoli haqida berilgan savolga Arteta kreativ javob qaytardi.
“Men muxlislarga aytganimni yana takrorlayman — tushlikni ham, kechki ovqatni ham olib keling. Gap kelajak haqida ketyapti, men uchun bu ish aynan shu bilan bog‘liq. Har bir kun muhim”, — dedi u.
Murabbiyning fikricha, asosiy masala bugun nima qilayotganingizda. U jamoani rivojlantirish, maksimal mehnat qilish va futbolchilarni katta yutuqlar sari ilhomlantira oladigan yetakchi bo‘lishni eng muhim vazifa deb biladi.
“Hozir men o‘zimni aynan shunday holatda his qilyapman. Bu ruhiy holatni saqlab qolish va mavsumni kuchli natija bilan yakunlashni istayman”, — dedi Arteta.
Hozirgi kunda “Arsenal” Angliya Premyer-ligasida peshqadamlik qilmoqda va Chempionlar Ligasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishda davom etmoqda. Shu bilan birga, klub va Arteta o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshlangani ham maʼlum.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!