Shomurodovning dubli “Bashakshehir”ni yirik g‘alabaga yetakladi (video)

1 daqiqa o'qish5K
Shomurodovning dubli “Bashakshehir”ni yirik g‘alabaga yetakladi (video)

Turkiya Superligasi 29-turi doirasida “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Genchlerbirligi”ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi ustun g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov bahsda yetakchi figura bo‘ldi. U 9- va 40-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl muallifiga aylandi. Shu tariqa u joriy mavsumdagi gollari sonini 18 taga yetkazdi. Yana bir golni Bertug‘ kiritdi.

Shomurodov ushbu o‘yinda 81 daqiqa harakat qildi. Yarimhimoyachi Abbosbek Fayzullayev esa jarohat sabab maydonga tusha olmadi.

Uchrashuv natijasidan so‘ng “Istanbul Bashakshehir” ochkolarini 47 taga yetkazib, turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Genchlerbirligi” esa 25 ochko bilan 15-pozitsiyada qoldi.

Turkiya Superligasi. 29-tur

“Istanbul Bashakshehir” – “Genchlerbirligi” 3:0

Gollar: Shomurodov 9‘, 40‘; Bertug‘ 42‘.

“Istanbul Bashakshehir” tarkibi: Muhammad, O‘mer Ali (Bulut 59‘), Duarte, Opoku, Operi (Karatas 60‘), Kemen, Umut (Kalujinski 68‘), Yusuf, Shomurodov (Selke 81‘), Brnich, Bertug‘ (Krespo 59‘).

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?