“Barselona” yosh iqtidor Ruud Nistadni kuzatmoqda

"Barselona" klubi tarkibini yosh iste'dodlar bilan kuchaytirish maqsadida "Tvente" jamoasining 18 yoshli himoyachisi Ruud Nistadga qiziqish bildirmoqda. Kataloniya skautlari futbolchining texnik tayyorgarligini yuqori baholab, uni muntazam kuzatib borishmoqda. Biroq, "Tvente" klubi talab qilayotgan 8 million yevrolik summa hozircha muzokaralar uchun to'sqinlik qilmoqda. Shunga qaramay, "Barselona" ushbu transfer masalasini butunlay yopmagan va vaziyatni kuzatishda davom etadi.
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” yozgi transferlar oynasi davrida tarkibini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Kataloniyalik klub yangi mavsum oldidan jamoaga yangi isteʼdodli futbolchilarni qo‘shib olishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.
“Barselona” anʼanaviy uslubiga sodiq qolgan holda, dunyo futbolida porlash ehtimoli yuqori bo‘lgan yosh o‘yinchilarni jalb qilish siyosatiga ham izchil amal qilib kelmoqda.
Aynan shu yo‘nalishda ispan grandi Niderlandiyaning “Tvente” klubida to‘p tepayotgan 18 yoshli markaziy himoyachi Ruud Nistadga qiziqish bildirmoqda.
Manbalarga ko‘ra, kataloniyalik skautlar bir necha oydan buyon ushbu chapaqay himoyachining o‘yinlarini muntazam kuzatib bormoqda. Uning texnik tayyorgarligi va maydondagi barqarorligi mutaxassislar eʼtiborini tortgan.
Biroq transfer hozircha amalga oshirilmagan. Sababi — “Tvente” tomonidan talab qilinayotgan 8 million yevro hozirgi bosqichda “Barselona” uchun biroz yuqori summa sifatida baholanmoqda.
Shu bilan birga, klublar o‘rtasida yaqinda yangi muzokaralar ham o‘tkazilgan va futbolchi ehtimoliy transfer ro‘yxatidan butunlay chiqarib tashlanmagan.
“Barselona” rahbariyati ushbu masalaga mavsum davomida yana qaytish ehtimolini saqlab qolmoqda va Nistad bo‘yicha vaziyatni yaqindan kuzatib bormoqda.































Izohlar 0
…