date

Arbeloa “Bavariya”dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

Arbeloa “Bavariya”dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

“Real Madrid” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa “Bavariya”ga qarshi Chempionlar ligasi javob uchrashuvidan (3:4, birinchi o‘yin 1:2) keyin matbuotga fikr bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa maydonda juda kuchli va mazmunli o‘yin ko‘rsatgan. Arbeloa futbolchilarning mehnatidan mamnun ekanini, ammo natija baribir og‘riqli bo‘lganini yashirmadi. Shu bilan birga, u muxlislar — stadionda va ekran ortida jamoani qo‘llab turgan ishqibozlar uchun ham afsus bildirdi:

“Bu mening futbolchilarim ijrosida ajoyib o‘yin bo‘ldi. Ular ko‘rsatgan mehnat uchun juda achinyapman. Shuningdek, stadionga kelgan va uyda kuzatgan muxlislarimiz uchun ham achinyapman”, — dedi Arbeloa.

Murabbiyning taʼkidlashicha, “Real” bu mavsumda orzu qilgan 16-Yevropa tituliga erisha olmadi. Bu esa klub uchun jiddiy zarba bo‘ldi. Biroq u jamoa baribir o‘z qadriyatlari va klub gerbi uchun oxirigacha kurashganini alohida qayd etdi:

"Bu yil Chempionlar ligasida 16-chi titulni qo‘lga kirita olmasligimiz og‘riqli. Lekin jamoa barcha kuchini berdi va biz o‘z gerbimiz bilan qaytamiz”, — dedi Arbeloa.

Arbeloa o‘yin davomida bir nechta gol urish imkoniyatlari bo‘lganini ham eslatdi. Uning aytishicha, baʼzi futbolchilar charchoq his qilgani sababli almashtirish rejalashtirilgan edi, lekin o‘yindagi burilish barcha rejalarni o‘zgartirib yuborgan:

"Bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Ayrim futbolchilar charchagan edi va almashtirishga tayyorlanayotgandik, ammo goldan keyin barchasi hal bo‘ldi”, — dedi Arbeloa.

Shu bilan birga, u La Ligadagi kurash ham oson bo‘lmasligini taʼkidladi. Jamoa uchun endi har bir uchrashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, mavsum oxirigacha maksimal kuch bilan harakat qilish shart:

"Chempionatda ham oson bo‘lmaydi, ammo so‘nggi turgacha kurashishimiz kerak”, — dedi Arbeloa.

Qisqasi, “Real” Yevropa arenasini tark etdi, ammo Arbeloa so‘ziga ko‘ra, jamoa ruhan singan emas — kurash davom etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa “Bavariya”dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?