date
views 5 353

Noyer jarohati tufayli «Borussiya D» bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Noyer jarohati tufayli «Borussiya D» bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Bavariya” jamoasi posboni Manuel Noyer “Borussiya D” klubiga qarshi Germaniya chempionati 28-tur uchrashuvini qo‘yib yuboradi.

Noyer “Xoffenxaym”ga qarshi (0:1) o‘yinda ham ishtirok eta olmadi. Uning o‘rniga Ulrayx maydonga tushdi. Germaniya termasi darvozaboni mashg‘ulotlardan birida jarohat olgandi, deb yozadi "Uff.uz".

Myunxenliklar ustozi Karlo Anchelotti asosiy darvozabonining “Real”ga qarshi EChL chorak finaliga qadar tiklanishiga umid qilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Bavariya” jamoasi 8 aprel kuni “Borussiya D” bilan to‘qnash keladi. “Real” bilan dastlabki uchrashuv esa 12 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Noyer jarohati tufayli «Borussiya D» bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi