
Feliks Magat boshqarayotgan «Shandong Luneng» klubiga qarshi o‘yin Villash-Boash shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Birinchi gol Xalk tomonidan urilgan bo‘lsa, ikkinchisiga Oskar pas berdi.
Odil Ahmedov bu uchrashuvda to‘liq harakat qildi. Bosh murabbiy Andre Villash-Boash mazkur turda Elkesenga dam olish imkoniyatini yaratib berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Egor Krimes esa avvalgi turlarda bo‘lgani kabi 4-turda ham qaydnomaga kirmadi. Uning jamoasi 1:0 hisobida zafar quchib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Xitoy Super ligasi
4-tur o‘yinlari
7 aprel, juma
«Shanxay SIPG» — «Shandong Luneng» 2:1
Gollar: Xalk, 10 (1:0). Papiss Sisse, 46 (1:1). Vei Shihao, 83 (2:1).
«Beydzing Guoan» — «Henan Jiane» 1:0
Gol: Dzang Chiming, 76 (1:0).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar