Joe Cole Chelsi rahbariyatiga Robert Lewandowski va John Stonesni sotib olishni maslahat berdi

1 daqiqa o'qish188
Joe Cole Chelsi rahbariyatiga Robert Lewandowski va John Stonesni sotib olishni maslahat berdi

Chelsi klubi afsonasi Joe Cole jamoa rahbariyatini yosh futbolchilarga haddan tashqari eʼtibor qaratish siyosatidan voz kechib, tajribali oʻyinchilarni jalb qilishga chaqirdi. Uning fikricha, hozirgi tarkibda yoshlarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatadigan yetakchilar yetishmayapti, bu esa maydondagi natijalarga salbiy taʼsir qilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Cole Roman Abramovich davridagi Chelsi dunyoning eng kuchli futbolchilarini yigʻish orqali sovrinlar uchun kurashganini eslatib oʻtdi. Hozirgi kunda esa klub transfer siyosatida aniq yoʻnalishga ega emas va yosh iqtidorlar tajribali ustozlarsiz oʻz salohiyatini toʻliq namoyon eta olmayapti.

Sobiq futbolchi jamoani kuchaytirish uchun Manchester Siti himoyachisi John Stones va Barselona hujumchisi Robert Lewandowskini taklif qildi. Uning taʼkidlashicha, aynan shunday tajribali ijrochilar Chelsi himoyasini tartibga solishi va yosh hujumchilarga ustozlik qilishi mumkin.

Cole hozirgi Chelsi tarkibini "yaxshi oʻqituvchisi boʻlmagan iqtidorli oʻquvchilar guruhi"ga oʻxshatdi. Uning soʻzlariga koʻra, jamoaga darhol natija bera oladigan va maydonda yetakchilik qila oladigan futbolchilar suv va havodek zarur.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?