Jamie Carragher Muhammad Salahni Cristiano Ronaldoga qiyosladi

1 daqiqa o'qish313
Jamie Carragher Muhammad Salahni Cristiano Ronaldoga qiyosladi

Liverpul afsonasi Jamie Carragher Muhammad Salahning jamoa bosh murabbiyi Arne Slotga nisbatan bildirgan tanqidiy fikrlaridan so‘ng keskin munosabat bildirdi. Salahning Aston Villadan uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishi klub ichidagi vaziyatni yanada taranglashtirib yubordi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Carragher Sky Sports efirida Salahning xatti-harakatlarini Cristiano Ronaldoning Manchester Yunayteddan ketishidan oldingi shov-shuvli bayonotlariga o‘xshatdi. Sobiq himoyachi misrlik hujumchini o‘z manfaatlarini jamoa manfaatidan ustun qo‘yishda ayblab, uni "egoist" deb atadi.

Salah o‘z postida Liverpulni yana qo‘rquv uyg‘otadigan hujumkor jamoaga aylantirish kerakligini ta’kidlagan edi. Biroq, ekspertlar buni Arne Slotning taktik uslubiga qarshi ochiq isyon sifatida baholashdi. Steven Gerrard ham jamoa ichida bo‘linish yuzaga kelganini ta’kidlab, vaziyatdan xavotirda ekanini yashirmadi.

Gary Neville esa Salahning bu qilig‘ini jamoa va murabbiyga nisbatan hurmatsizlik deb atadi. Uning fikricha, dunyoning hech bir top-klubi o‘z murabbiyini omma oldida bunday kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi va bu holat Liverpulning Chempionlar ligasiga chiqish yo‘lidagi maqsadlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?