Mundialda sensatsiya: O‘zbekiston nomi va bayrog‘i muzqaymoqlarda

Mundialda sensatsiya: O‘zbekiston nomi va bayrog‘i muzqaymoqlarda

Jahon chempionati o‘tayotgan hududlarda endilikda O‘zbekiston nomi tushirilgan muzqaymoqlar ham savdoga chiqarilmoqda.

AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tkazilayotgan JCH-2026 musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi uzoq yillik — 34 yillik kutishdan so‘ng o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Dastlabki bahsda jamoamiz Kolumbiyaga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shunga qaramay, uchrashuvdan keyin e’tibor faqat natijaga emas, balki O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishga ham qaratildi.

Ayniqsa, tribunadagi kichik muxlis Isfandiyorning hissiyotlarga boy lavhalari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, terma jamoamizga nisbatan e’tiborni yanada kuchaytirdi.

Bundan tashqari, Mundial o‘tayotgan mamlakatlarda O‘zbekiston bayrog‘i va milliy jamoa ramzlari aks etgan turli mahsulotlar paydo bo‘layotgani haqida videolar ham tarqalmoqda. Ular orasida muzqaymoqlar ham borligi muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Bu holat O‘zbekiston nomi xalqaro maydonda tobora ko‘proq tilga olinayotganidan dalolat beradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar