Milan hujumchisi Santiago Gimenezga Portugaliyadan jiddiy qiziqish bor

Milan hujumchisi Santiago Gimenezga Portugaliyadan jiddiy qiziqish bor
Qisqacha

Milan hujumchisi Santiago Gimenez Portugaliyaning Portu klubi transfer nishoniga aylangan va tomonlar o'rtasida dastlabki aloqalar boshlangan. Portu bosh murabbiyi Franchesko Farioli meksikalik futbolchini jamoasida ko'rishni istamoqda, klub esa uning agenti Rafaela Pimenta bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Gimenez Portuning qiziqishidan mamnun, biroq transfer bo'yicha yakuniy qarorni Milan rahbariyati qabul qiladi.

Yevropa futbolidagi transferlar mavsumi qizgʻin p palla borayotgan bir paytda, Italiyaning Milan klubi hujumchisi Santiago Gimenezga Portugaliyaning grand jamoalaridan biri jiddiy daʼvogarlik qilmoqda. Goal.com nashrining xabar berishicha, Meksika terma jamoasi va Milan safida harakat qilayotgan futbolchi Portu klubining transfer nishoniga aylangan va tomonlar oʻrtasida dastlabki aloqalar boshlab yuborilgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Portugaliyaning nufuzli nashri A Bola tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, amaldagi chempionlar tarkibini kuchaytirish maqsadida Santiago Gimenez transferi ustida jiddiy ish olib bormoqda. Portu bosh murabbiyi Franchesko Farioli meksikalik hujumchini oʻz jamoasida koʻrishni istamoqda va shaxsan oʻzi futbolchi bilan bogʻlanib, klubning ulkan maqsadlari haqida gapirib oʻtgan.

Murabbiy va futbolchi oʻrtasidagi aloqalar

Mutaxassis va hujumchining tanishishi Niderlandiyada boshlangan boʻlib, oʻshanda Santi Feyenoord safida toʻp surgan, Farioli эsa Ayaks boshqaruvida edi. Murabbiy oʻzaro muloqot chogʻida futbolchiga boʻlgan yuksak hurmatini yana bir bor tasdiqlagan. Shuningdek, suhbat davomida ispaniyalik Samu jarohat sabab safdan chiqqani bois, jamoaga yuqori saviydagi hujumchi suv va havodek zarurligi muhokama qilingan.

Santiago Gimenez Portuning oʻziga boʻlgan qiziqishidan mamnun ekanini bildirgan, biroq transfer borasidagi yakuniy qarorni Milan rahbariyati qabul qilishini taʼkidlagan. Hozirda Portu rahbariyati futbolchining agenti Rafaela Pimenta bilan muzokaralarni davom ettirib, kelishuv shartlarini muhokama qilmoqda.

Milan talablari va transfer shartlari

Portu klubi futbolchini sotib olish huquqi bilan ijara asosida oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Biroq Milan bu borada boshqacha yondashuvni maʼqul koʻrib, hujumchini toʻgʻridan-toʻgʻri qatʼiy transfer qilishni va kamida 25 million yevro ishlab olishni istamoqda.

Italiya klubi Avstraliyadagi turnesidan qaytgach, futbolchi va uning vakillari bilan yuzma-yuz uchrashib, transfer oynasining soʻnggi kunlaridagi strategiyani ishlab chiqadi. Agar meksikalik hujumchi sotib yuborilsa, Milan Gonshalo Ramushga zaxira varianti sifatida Breld Embolo nomzodini koʻrib chiqishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar