eBay jonli savdolar koʻlamini kengaytirmoqda

2 daqiqa o'qish95
eBay jonli savdolar koʻlamini kengaytirmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Ikkinchi chorak yakunlariga ko'ra, eBay platformasidagi jonli savdolar hajmi yillik hisobda salkam sakkiz barobarga oshdi va kompaniya eBay Live xizmatini yaqin haftalar va oylar davomida boshqa xalqaro bozorlarga joriy etishni rejalashtirmoqda.
  • Muntazam jonli efir o'tkazuvchi sotuvchilarning 90 foizdan ortig'i savdolar hajmi oshganini qayd etgan, bunday formatdan foydalanuvchilar esa efirdan foydalanmaydiganlarga nisbatan uch baravar ko'proq mahsulot sotmoqda.

Mashhur onlayn-savdo maydonchasi boʻlgan eBay kompaniyasi oʻzining jonli savdolar (live shopping) yoʻnalishini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Ixbt.com nashrining xabar berishicha, ikkinchi chorak yakunlariga koʻra, mazkur platformadagi umumiy savdolar hajmi yillik ҳisobda salkam sakkiz barobarga oshgan va tomoshabinlar soni hamda koʻrish davomiyligi sezilarli darajada koʻpaygan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Ushbu oʻsish fonida kompaniya rahbariyati yaqin haftalar va oylar davomida eBay Live xizmatini boshqa xalqaro bozorlarga ham joriy etishni rejalashtirmoqda. EBay bosh direktori Jeymi Iannon investorlar bilan oʻtkazilgan yigʻilishda bu natijalar jonli efirlar xaridorlar faolligini oshirib, yangi imkoniyatlarni kashf etishga yordam berishiga boʻlgan ishonchni yanada kuchaytirganini taʼkidladi.

Jonli efirlar savdo hajmiga qanday taʼsir qilmoqda?

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, muntazam ravishda jonli efir oʻtkazuvchi sotuvchilarning 90 foizdan ortigʻi savdolar hajmi oshganini qayd etgan. Shuningdek, bunday formatdan foydalanuvchilar efirdan foydalanmaydiganlarga nisbatan uch baravar koʻproq mahsulot sotishga erishmoqda. Xaridorlar ham qiziqish bildirib, kolleksiya buyumlari boʻyicha ilk bor xarid qilayotganlar oddiy usuldagilarga qaraganda 70 foizga koʻproq mablagʻ sarflamoqda.

Shuni taʼkidlash joizki, eBay ilk bor ushbu funksiyani 2022-yilda AQShda yopiq tarzda sinovdan oʻtkazgan edi. Keyinchalik Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstraliya, Fransiya, Italiya va Kanada kabi davlatlarda ham yoʻlga qoʻyildi. Oʻtgan oyda esa kompaniya faqat taklifnoma asosida ishlash tartibidan voz kechib, elektronika, moda va kolleksiya buyumlarini oʻz ichiga olgan 300 dan ortiq toifadagi sotuvchilar uchun oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish tizimini ishga tushirdi.

Bozordagi raqobat va kelgusidagi rejalar

Hozirgi kunda AQShda jonli savdo shunchaki kichik tajriba boʻlmay, balki jiddiy biznes yoʻnalishiga aylanib bormoqda. Mazkur bozorda Whatnot va TikTok Shop kabi raqobatchilar ham faol harakat qilmoqda. Xususan, Whatnot oʻrtacha 11 milliard dollardan ortiq qiymatga baholanayotgan boʻlsa, TikTok Shop oʻz mijozlari uchun pullik obuna va ekskuziv chegirmalarni sinovdan oʻtkazmoqda.

Raqobat muhiti kuchayib borayotgan bir paytda, eBay oʻz platformasidagi texnik imkoniyatlarni ham yaxshiladi. Bosh direktorning soʻzlariga koʻra, uy sahifasi va mobil ilovadagi qidiruv funksiyalari yangilanib, tadbirlarni topish osonlashdi. Shuningdek, sotuvchilar uchun efir yaratish, inventar tayyorlash hamda stavkalarga javob berish tezligi oshirilib, savdo jarayoni yanada qulaylashtirildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?