Nuno Mendesh O‘zbekistonga urgan ajoyib golining sirini ochdi

1 daqiqa o'qish246
Nuno Mendesh O‘zbekistonga urgan ajoyib golining sirini ochdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Nuno Mendesh Jahon chempionati guruh bosqichida O‘zbekistonga qarshi bahsda kiritgan chiroyli goli mashg‘ulotlarda maxsus ishlab chiqilganini ma'lum qildi.
  • Uchrashuvning 17-daqiqasidagi o'sha vaziyatda to‘p oldida Krishtianu Ronaldu turgan bo'lsa-da, raqib kutmagan holda zarbani Mendeshning o'zi amalga oshirgandi.

Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Nuno Mendesh Jahon chempionati guruh bosqichida O‘zbekistonga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda urgan chiroyli goli haqida fikr bildirdi.

Portugaliyalik futbolchi bahsning 17-daqiqasida jarima zarbasini to‘g‘ridan to‘g‘ri darvozaga yo‘llab, hisobni o‘zgartirgan edi. Qizig‘i, o‘sha vaziyatda to‘p oldida jarima zarbalarining mohir ijrochisi Krishtianu Ronaldu ham turgandi. Ammo raqib kutmagan holda zarbani Mendesh amalga oshirdi.

Futbolchining aytishicha, bu kombinatsiya tasodifan yuzaga kelmagan. Portugaliya terma jamoasi uni mashg‘ulotlarda maxsus tayyorlagan.

«Biz buni mashg‘ulotlarda ishlab chiqqanmiz. Odatda hamma jarima zarbasini Krishtianu ijro etadi, deb o‘ylaydi. Kelajakda ham ushbu usuldan foydalanishimiz mumkin. Balki zarbani men emas, boshqa futbolchi yo‘llar, ammo bu yana ish berishi mumkin», — dedi Mendesh.

Himoyachi O‘zbekistonga qarshi o‘yinda Portugaliya futbolchilari uchrashuvning barcha daqiqalarida yuqori darajadagi diqqatni saqlab qolganini ham ta’kidladi.

«Biz juda xursandmiz. O‘yin davomida to‘liq diqqatimizni jamladik. Endi yaxshi tiklanib, keyingi bahsga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Maqsadimiz — guruhda birinchi o‘rinni egallash», — dedi u.

Nuno Mendesh terma jamoa atrofidagi tanqidlarga ham munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bosim va tanqid professional futbolning ajralmas qismi hisoblanadi.

«Tanqid futbolning bir qismi. Biz bunga ko‘nikib qolganmiz. Jamoada barcha bir-biriga yordam beradi va har qanday bosimga tayyor. Eng muhimi — murabbiy talab qilayotgan o‘yinni namoyish etish va o‘z g‘oyamizga sodiq qolish», — deya qo‘shimcha qildi Portugaliya terma jamoasi himoyachisi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?