Ispaniya Avstriyani yirik hisobda yengib, 1/8 finalga yo‘l oldi

Ispaniya Avstriyani yirik hisobda yengib, 1/8 finalga yo‘l oldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 final bahsida Ispaniya terma jamoasi Avstriyani 3:0 hisobida yengib, nimchorak finalga yo'l oldi.
  • Inglvudda o'tkazilgan uchrashuvning 36 va 89-daqiqalarida gol urgan Mikel Oyarsabal o'yin qahramoniga aylandi, shuningdek, 66-daqiqada Pedro Porro ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
  • Mark Kukurelya mazkur bahsda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

2026 yilgi Jahon chempionatida 1/16 final bahslari davom etmoqda.

Turnir favoritlaridan biri Ispaniya Avstriyani 3:0 hisobida ishonchli mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi. Uchrashuv qahramoniga aylangan Mikel Oyarsabal ikki gol urdi.

Oyarsabal hisobni ochdi

Inglvudda o‘tkazilgan bahsning birinchi bo‘limida Ispaniya ustunlikni o‘z qo‘liga oldi.

36-daqiqada Mikel Oyarsabal raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim Ispaniyaning minimal ustunligi bilan yakunlandi.

Porro ustunlikni mustahkamladi

Ikkinchi bo‘limda ham Ispaniya hujumkor o‘yinni davom ettirdi.

66-daqiqada Pedro Porro hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Uchrashuvning 89-daqiqasida esa Oyarsabal ikkinchi golini kiritib, yakuniy natijani belgiladi — 3:0.

Mark Kukurelya ushbu bahsda ikkita golli uzatma amalga oshirdi.

Keyingi raqib Portugaliya yoki Xorvatiya

Ispaniya nimchorak finalda Portugaliya — Xorvatiya uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Shu tariqa, ispaniyaliklar pley-offdagi ilk sinovdan ishonchli o‘tib, chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri ekanini yana bir bor namoyish qildi.

JCH-2026. 1/16 final

Ispaniya — Avstriya — 3:0

2 iyul, Inglvud

Gollar: Oyarsabal, 36, 89; Porro, 66.

Ispaniya: Simon, Porro, Kubarsi, Laport (Pubil, 90+3), Kukurelya, Rodri, Pedri (Ruis, 90+3), Yamal (Gavi, 85), Olmo (Merino, 71), Baena (Torres, 71), Oyarsabal.

Avstriya: A. Shlager, Posh (Prass, 86), Danso, Alaba, Laymer, Zayvald (Chukvuemeka, 46), K. Shlager (Grillitch, 46), Shmid (Kalayjich, 60), Vanner, Zabitser, Gregorich (Arnautovich, 60).

Ogohlantirish: Posh, 83.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar