Ispaniya Ronalduni uyiga jo‘natdi

Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya Jahon chempionati nimchorak finalida Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Uchrashuv taqdirini 90+1-daqiqada Mikel Merino kiritgan gol hal qildi.
Ronaldu bahsni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa maydonda harakat qildi. U raqib darvozasi tomon 3 marta zarba berdi. Shulardan 2 tasi aniq chiqqan, yana bir zarba darvoza yonidan o‘tib ketgan.
Portugaliya hujumchisi raqib jarima maydoni ichida uch marta to‘pga tegdi. Uning kutilgan gol ko‘rsatkichi 0,28 ni, darvozaga aniq yo‘naltirilgan zarbalar sifati esa 0,87 ni tashkil qildi. Biroq Ronaldu imkoniyatlarini golga aylantira olmadi.
U pas berishda 12 urinishdan 10 tasini aniq bajardi. Hujumning so‘nggi qismidagi 5 pasdan 4 tasi manzilga yetdi. Shuningdek, Ronaldu bir marta hal qiluvchi pas berdi.
Yakkakurashlarda u uch imkoniyatdan ikkitasida g‘olib chiqdi. Ronaldu bir marta to‘pni xavfli hududdan uzoqlashtirdi va bir marta to‘pni qaytarib oldi. Uning uchrashuv uchun bahosi 6,4 ball bo‘ldi.
Portugaliya so‘nggi daqiqalargacha hisobni ushlab turdi, ammo Merinoning kechikkan goliga javob qaytara olmadi. Natijada Ronaldu va uning jamoasi turnir bilan xayrlashdi.































Izohlar 0
…