Portugaliya – Ispaniya: futbolchilarga qo‘yilgan ballar

Ispaniyaning Portugaliya ustidan qozongan g‘alabasidan keyin Flashscore portali uchrashuv ishtirokchilariga baho berdi. Maydondagi eng yaxshi ko‘rsatkich Rodrida qayd etildi. Ispaniya yarim himoyachisi 8,3 ball bilan bahsning eng yuqori bahosini oldi.
Rodridan keyin Lamin Yamal 7,7 ball to‘pladi. Unai Simonga 7,5, Dani Olmoga 7,4 va Pedro Porroga 7,1 ball berildi. Ferran Torres zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa-da, 7,3 ball bilan baholandi.
Ispaniyaning to‘liq baholari:
• Unai Simon — 7,5
• Pedro Porro — 7,1
• Pau Kubarsi — 6,3
• Emerik Lyaport — 6,4
• Mark Kukurelya — 6,5
• Rodri — 8,3
• Aleks Baena — 6,7
• Pedri — 6,6
• Lamin Yamal — 7,7
• Dani Olmo — 7,4
• Mikel Oyarsabal — 6,4
• Ferran Torres — 7,3
O‘yin taqdirini hal qilgan Mikel Merino 85-daqiqada maydonga tushdi. U 90+1-daqiqada gol urib, Ispaniyani keyingi bosqichga olib chiqdi.
Portugaliya safida darvozabon Diogu Koshta eng yaxshi natijani qayd etdi. U 7,1 ball oldi. Markaziy himoyachilar Renatu Veyga va Ruben Diashga 6,8 balldan berildi.
Jamoa sardori Krishtianu Ronalduga 6,4 ball qo‘yildi. Xuddi shunday baho Joau Feliks va Joau Kanseluga ham berilgan. Brunu Fernandesh 6,7 ball oldi.
Portugaliya futbolchilarining baholari:
• Diogu Koshta — 7,1
• Nunu Mendesh — 6,6
• Renatu Veyga — 6,8
• Ruben Diash — 6,8
• Joau Kanselu — 6,4
• Joau Nevesh — 6,5
• Vitinya — 5,6
• Pedru Netu — 5,7
• Brunu Fernandesh — 6,7
• Joau Feliks — 6,4
• Krishtianu Ronaldu — 6,4
• Nelson Semedu — 6,0
• Rafael Leau — 6,7
• Diogu Dalot — 6,4
Portugaliya tarkibida eng past ball Vitinyaga qo‘yildi. U 5,6 ball olgan bo‘lsa, Pedru Netuning bahosi 5,7 ni tashkil qildi.































Izohlar 0
…