Ronaldu va Yamal: Ispaniya hamda Portugaliya o‘yinining ramziy surati

Bir kadrda ikki xil futbol avlodi.
Portugaliya yetakchisi Krishtianu Ronaldu 41 yoshda, Ispaniyaning yosh hujumchisi Lamin Yamal esa 18 yoshda. Ularning tug‘ilgan sanalari orasida 22 yildan ortiq farq bor.
Ronaldu 1985 yil 5 fevralda, Yamal 2007 yil 13 iyulda tug‘ilgan. Demak, ularning yosh farqi aniq hisobda 22 yil, 5 oy va 8 kun.
Yamal dunyoga kelganida Ronalduning professional faoliyati boshlangan, u «Manchester Yunayted» va Portugaliya terma jamoasida o‘ynayotgan edi. Oradan yillar o‘tib, yosh futbolchi katta sahnaga chiqdi va ular Ispaniya hamda Portugaliya o‘yinida bir maydonda uchrashdi.
Futbolda vaqt tez o‘tadi. Ammo Ronalduning 41 yoshida ham yuqori darajada o‘ynayotgani va Yamalning 18 yoshidayoq terma jamoa yetakchilaridan biriga aylangani bu kadrga alohida ma’no beradi.































Izohlar 0
…