Krishtianu Ronaldu: «Vijdonim toza holda ketyapman»

Ispaniyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning jahon chempionatidagi ishtiroki yakunlanganiga munosabat bildirdi.
U musobaqa davomida bor imkoniyatini ishga solganini ta’kidladi.
«Men qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Vijdonim toza holda ketyapman. Ba’zan yutasan, ba’zan esa yutqazasan», dedi Ronaldu.
41 yoshli futbolchi Portugaliya terma jamoasi bilan uchta sovrin qo‘lga kiritganini eslatdi. Uning aytishicha, bu natijalar unga faxr va mamnuniyat hissini beradi.
Ronaldu jahon chempionatlaridagi faoliyati ham yakunlanganini ma’lum qildi.
«Bu mening so‘nggi jahon chempionatim edi. Endi oilam bilan vaqt o‘tkazish va keyingi qarorlar haqida o‘ylash imkoni bo‘ladi», dedi u.
Portugaliya yetakchisi jamoa Ispaniyaga qarshi yomon o‘yin ko‘rsatmaganini aytdi. Biroq hal qiluvchi vaziyatlarda yanada samarali harakat qilish mumkin bo‘lganini tan oldi.
«Biz yaxshi o‘ynadik, jamoaning harakati ham yaxshi edi. Lekin Ispaniya eng kuchli jamoalardan biri. Ular finalga chiqishi mumkin», dedi Ronaldu.
U musobaqani mag‘lubiyat bilan tark etganidan afsusda ekanini bildirdi, ammo terma jamoa uchun bor kuchini sarflaganini yana bir bor ta’kidladi.































Izohlar 0
…