Jorje Jezush Portugaliyada nimani o‘zgartiradi? U asosiy muammoni ochiq aytdi

2 daqiqa o'qish387
Jorje Jezush Portugaliyada nimani o‘zgartiradi? U asosiy muammoni ochiq aytdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Portugaliya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi Jorje Jezush zamonaviy futbolda tayyor sxemaga ko‘r-ko‘rona yopishib olish emas, balki futbolchilarning xususiyatlariga mos g‘oya yaratish hal qiluvchi ahamiyatga egaligini bildirdi.
  • U an’anaviy 4-3-3 sxemasida uch nafar markaziy yarimhimoyachi bilan o‘ynashni ma’qullamasligini va jamoaga pozitsiyalarni tez almashtira oladigan dinamik o‘yinchilar kerakligini aytdi.

Portugaliya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi Jorje Jezush taktika, o‘yin tizimi va futbolchilardan foydalanish borasidagi qarashlarini bayon qildi. Uning fikricha, zamonaviy futbolda tayyor sxemaga ko‘r-ko‘rona yopishib olish emas, balki futbolchilarning xususiyatlariga mos g‘oya yaratish hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Jezush, ayniqsa, 4-3-3 sxemasidagi an’anaviy uch markaziy yarimhimoyachi modeliga munosabatini yashirmadi.

«Futbol endi jamoalar va murabbiylar o‘yini»

Jorje Jezushning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda futbol katta o‘zgarishni boshdan kechirdi. Endi natija faqat alohida yulduzlarga emas, balki jamoaviy harakat va murabbiyning g‘oyasiga ham bog‘liq.

«Bugungi kunda futbol tobora jamoaviy o‘yinga aylanib bormoqda. U juda katta inqilobni boshdan kechirdi, chunki hozir futbol — bu jamoalar va murabbiylar o‘yini», dedi u.

Murabbiyning fikricha, har bir jamoa maydonda bo‘sh hududlarni kamaytirish, o‘z hujumlari sonini ko‘paytirish va raqibga imkon qadar kam vaziyat qoldirishga intiladi.

Jezush 4-3-3 sxemasini tanqid qildi

Portugaliya ustozi 4-3-3 sxemasida uch nafar markaziy yarimhimoyachi bilan o‘ynashni ma’qullamasligini ochiq aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoaga bir joyda harakat qiladigan futbolchilar emas, balki pozitsiyalarni tez almashtira oladigan, harakatchan va dinamik yarimhimoyachilar kerak.

«Men 4-3-3 sxemasida uch nafar markaziy yarimhimoyachi bilan o‘ynashning tarafdori emasman. Menga harakatchan va dinamik yarimhimoyachilar ko‘proq yoqadi», dedi Jezush.

Portugaliya yulduzlari haqida savol qo‘ydi

Murabbiy Portugaliya tarkibida dunyoning eng yaxshi yarimhimoyachilari borligi ko‘p aytilganini eslatdi. Biroq u futbolchilar klublardagi o‘yin modeli bilan terma jamoadagi vazifalari o‘rtasida farq borligini ta’kidladi.

Jezush ikki futbolchi «PSJ»da, yana biri «Manchester Yunayted»da o‘ynayotganiga ishora qildi. Uning fikricha, «PSJ»dagi taktik g‘oyalar Portugaliya terma jamoasidagi imkoniyatlardan farq qiladi.

«PSJ»da o‘yinni individual mahorati bilan boshqaradigan uch nafar hujumchi bor. Portugaliyada esa bunday emas edi», dedi u.

Yangi murabbiyning asosiy tamoyili

Jezushning fikricha, murabbiy o‘z g‘oyasini futbolchilarga majburan singdirmasligi kerak. Aksincha, taktika tarkibdagi o‘yinchilarning kuchli jihatlarini ochib berishga xizmat qilishi lozim.

«Futbolchilarning xususiyatlariga mos keladigan g‘oyalarni joriy etish kerak. Murabbiy futbolchilarga yordam berishga intilishi lozim», dedi Portugaliya bosh murabbiyi.

U milliy jamoa futbolchilari yuqori saviyaga ega ekanini va ularga zarur paytda ko‘mak berishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.

Jezushning bu so‘zlari Portugaliya terma jamoasida yangi taktik davr boshlanayotganidan darak bermoqda. Endi asosiy savol — uning g‘oyalari maydonda qanchalik tez ishlay boshlaydi?

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?