FIFA final stadioni chimini sotuvga chiqarmoqda

FIFA final stadioni chimini sotuvga chiqarmoqda

FIFA Jahon chempionatidan so‘ng daromad olishning yana bir noodatiy usulini yo‘lga qo‘ydi. Endilikda final uchrashuvi o‘tkazilgan stadion maydonidagi chim bo‘laklari futbol muxlislari uchun eksklyuziv suvenir sifatida sotuvga chiqariladi.

Ma’lum qilinishicha, JCH finali bo‘lib o‘tgan AQSHning Nyu-Djersi shtatidagi MetLife Stadium maydonidan olingan haqiqiy chim bo‘laklari maxsus shaffof akril kapsulalarga joylashtiriladi. Har bir suvenir o‘ziga xos sertifikat bilan taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu kolleksiyadan jami 2 026 dona tayyorlanadi. Oddiy variantlarning narxi 450 dollardan boshlansa, qo‘shimcha esdalik buyumlari va maxsus bezaklar bilan taqdim etiladigan premium to‘plamlar 3 ming dollargacha baholanmoqda.

Mazkur tashabbus futbol muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda. Shu tariqa FIFA final o‘tkazilgan stadion chimini ham qimmatbaho kolleksion suvenirga aylantirib, yangi daromad manbaini yaratmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar