Chelsi Jordan Pikfordni oʻz safiga qoʻshib olishga tayyor

Chelsi Jordan Pikford boshqa jamoaga o'tish istagini bildirsa, uni sotib olish uchun darhol muzokaralarga kirishadi. Shay Given 32 yoshli darvozabonning yillar davomida barqaror o'yin ko'rsatganiga qaramay, uning transferi atrofida mish-mishlar deyarli yo'qligidan hayratda ekanini bildirdi. Pikford 2017 yilda Sanderlenddan Evertonga o'tgan va klub safida 358 ta uchrashuvda maydonga tushib, 100 tasida darvozasi daxlsizligini saqlagan.
Angliya terma jamoasi va Everton darvozaboni Jordan Pikford Londonning Chelsi klubi eʼtiborini tortmoqda. Sobiq darvozabon Shay Given fikricha, agar futbolchi tomonidan ozgina boʻlsa ham qiziqish bildirilsa, „aristokratlar“ uni sotib olish imkoniyatini qoʻldan boy bermaydi va darhol harakatga kirishadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
BOYLE Sports nashri orqali fikr bildirgan Shay Given Jordan Pikfordning yillar davomidagi barqaror oʻyiniga qarammay, uning transferi atrofida mish-mishlar deyarli yoʻqligidan hayratda ekanini yashirmadi. 32 yoshli posbon 2017 yilda Sanderlenddan Everton klubiga koʻchib oʻtganidan buyon Gudison Parkda oʻn mavsumni oʻtkazmoqda va jamoaning asosiy tayanch ustuniga aylangan.
Tajribali darvozabonning faoliyati va koʻrsatkichlari
Tajribali posbon hozirgi kunga qadar Everton safida jami 358 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning 100 tasida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Shuningdek, u uzoq yillardan beri Angliya terma jamoasining birinchi raqamli darvozaboni maqomini saqlab kelmoqda va jahon chempionatlaridagi oʻyinlar soni boʻyicha rekord oʻrnatgan.Pikfordning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyunigacha moʻljallangan. Shartnomaning uzoq muddatli ekanligi va futbolchining klubdagi oʻrnidan mamnunligi uning atrofidagi transfer mish-mishlarini jilovlab kelayotgan boʻlishi mumkin.
Chelsi variantining ehtimolligi
Shay Givenning taʼkidlashicha, darvozabonlar odatda yoshi ulgʻaygan sari tajribaliroq va ishonchliroq harakat qilishadi. Hozirda 32 yoshda boʻlgan Pikford yuqori saviyada yana koʻp yillar toʻp surishiga shubha yoʻq.Ekspertning fikricha, agar Jordan boshqa jamoaga oʻtish istagini bildirsa, Chelsi rahbariyati darhol muzokaralarga kirishadi. Shunga qaramay, darvozabon Everton safida oʻzini baxtli his qilayotgani va jamoaga sodiqligi bois hozircha faoliyatida keskin oʻzgarishlar sodir boʻlmagani taxmin qilinmoqda.






























Izohlar 0
…