Toshkentda mast yo‘lovchi avtobus haydovchisiga hujum qildi

Toshkentda mast yo‘lovchi avtobus haydovchisiga hujum qildi
Qisqacha

Toshkentning Chilonzor tumanida 1 avgust kuni 98-yo‘nalishli avtobusda mast 43 yoshli yo‘lovchi haydovchiga hujum qildi. Muqaddam sudlangan erkak haydovchi uni avtobusdan tushirmoqchi bo‘lganida, old oynani mushtlab sindirgan va haydovchining yuz hamda bo‘yin qismiga bir necha bor zarba bergan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, yakunlari asosida qonuniy qaror qabul qilinadi.

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida mast yo‘lovchi avtobus haydovchisi bilan janjallashib, unga hujum qilgan. Shuningdek, erkak avtobusning old oynasini ham sindirgan.

Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, voqea 1 avgust kuni 98-yo‘nalishli avtobusda sodir bo‘lgan. Muqaddam sudlangan 43 yoshli erkak mast holda jamoat tartibini buzib, haydovchi bilan tortishgan.

Haydovchi uni avtobusdan tushirmoqchi bo‘lganida, yo‘lovchi old oynaga musht urib, oynani sindirgan. Shundan so‘ng u haydovchining yuz va bo‘yin qismiga bir necha bor zarba bergan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlari asosida voqeaga huquqiy baho berilib, qonuniy qaror qabul qilinadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar