Miki van de Ven transferi nega toʻxtab qoldi?

Miki van de Ven transferi amalga oshmay, futbolchi Tottenxemda qoladiganga o'xshamoqda. Tobi Alderveyreldning fikricha, Van de Venning tezligi va individual mahorati yuqori bo'lsa-da, Tottenxemning so'nggi mavsumlarda ichki chempionatda qiyin ahvolga tushib, ketma-ket 17-o'rinlarni egallagani potensial xaridorlarni ehtiyotkor bo'lishga undagan.
Londonning Tottenxem klubi himoyachisi Miki van de Ven atrofidagi transfer mish-mishlari soʻnggi vaqtlarda sezilarli darajada pasaydi. Yozgi transfer oynasi ochilgan vaqtda niderlandiyalik futbolchining xizmatiga Angliyaning grand klublari jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Goal.com xabar berishicha, futbolchi Liverpul, Manchester Yunayted va Chelsi kabi top-jamoalar nishonida boʻlgan. Biroq shartnoma imzolashga qadar ish bormadi va tezkor markaziy himoyachi Shimoliy Londonda qoladiganga oʻxshamoqda.
Tottenxem oʻtgan mavsumlarda ichki chempionatda qiyin ahvolda qolgani va quyi ligaga tushib ketishga yaqin kelgani vaziyatni oʻzgartirib yubordi. Ketma-ket qayd etilgan 17-oʻrinlar jamoa atrofida koʻplab savollarni tugʻdirdi va murabbiylar shtabida ham tez-tez oʻzgarishlar kuzatildi.
Tobi Alderveyreld fikri
Tottenxemning sobiq yulduzi Tobi Alderveyreld GOAL nashriga bergan intervyusida nima sababdan Van de Venga boʻlgan qiziqish pasayib ketganini tushuntirib berdi. Uning fikricha, futbolchining tezligi va individual mahorati yuqori baholansa-da, jamoaning umumiy natijalari xaridorlarga taʼsir qilgan.«Hamma Miki van de Venning tezligi haqida gapiradi va u haqiqatan ham juda yaxshi himoyachi. Lekin Tottenxem deyarli quyi ligaga tushib ketayozganini va u ham oʻsha tarkibning bir qismi boʻlganini unutmaslik kerak», — dedi Alderveyreld Hajper bilan hamkorlikda.
Sobiq himoyachining taʼkidlashicha, potensial xaridorlar aynan shu omilni inobatga olgan holda ehtiyotkorlikka yoʻl qoʻyayotgan boʻlishi mumkin. Klubning soʻnggi mavsumlardagi qiyinchiliklari futbolchining shaxsiy koʻrsatkichlariga qaramay, transfer bozoridagi qiymatiga taʼsir koʻrsatgan.
Klubning yozgi rejalari
Muvatsiz mavsumlarga qaramay, Tottenxem Premyer-ligadagi oʻrnini saqlab qoldi va jamoa rahbariyati tarkibni kuchaytirish uchun katta mablagʻ sarflamoqda. Xususan, Mateus Fernandes, Sandro Tonali va Jan Paul van Xecke kabi futbolchilar 200 million dollardan ortiq mablagʻ evaziga sotib olindi. Shuningdek, Endi Robertson va Markos Senesi erkin agent sifatida tarkibga qoʻshildi.Klub asosiy eʼtiborni tajribali futbolchilarni jalb qilishga qaratgan bir paytda, Van de Ven jamoaning eng qimmatbaho aktivlaridan biri sifatida saqlab qolindi. Jahon chempionatida ham qatnashgan niderlandiyalik futbolchi hozircha oʻz jamoasida qolishda davom etmoqda.






























Izohlar 0
…