Go‘zal aktrisa Jamila G‘ofurovaning qizi Malayziyadagi MMA sporti bo‘yicha 2 o‘rinni egalladi!

Aktrisa Jamila G'ofurovaning qizi Shirina Malayziyada o'tkazilgan MMA bo'yicha Osiyo chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi. Yosh sportchining musobaqadagi ishtiroki va natijasi aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Jamila G'ofurovaning aytishicha, Shirina avval gimnastika, suzish va tennis bilan shug'ullangan, biroq oxir-oqibat o'zini jang san'atida topgan.
Aktrisa Jamila G‘ofurovaning qizi Shirina Malayziyada o‘tkazilgan MMA bo‘yicha Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Yosh sportchining musobaqadagi ishtiroki va natijasi aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Jamila G‘ofurova intervyulardan birida qizining bolaligidan turli sport turlariga qatnashganini aytib berdi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, Shirina gimnastika, suzish va tennis bilan shug‘ullangan, biroq bu yo‘nalishlarni o‘zining sevimli mashg‘uloti sifatida qabul qilmagan.
«Shirina ko‘pincha: “Oyi, mening urgim kelyapti”, derdi. Men esa unga: “Sen qiz bolasan, bu senga yarashmaydi”, deb aytardim», dedi Jamila G‘ofurova.
Shirina oxir-oqibat o‘zini jang san’atida topdi. Uning MMA bo‘yicha Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egallashi muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.































Izohlar 0
…